Sohaga oid maqolalar

Diqqat, juda muhim maslahatlar!

5. Agar orqa chiqaruv teshigi achishsa, bemor hojatga borganida qiynalsa, axlatidan qon ko‘rinsa yoki gemorroidal tugunlar paydo bo‘lsa, uyalib-qimtinib o‘tirmasdan zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi zarur. Ming afsuski, bemorlar shifokorlarga juda kech, bavosil eng og‘irlashgan bosqichida, ya’ni zudlik bilan bavosilni kesib olishdan boshqa iloj qolmagandagina murojaat qilishadi. Biroq bavosilni kesib tashlash jarrohlik noilojlikdan qilinuvchi eng so‘nggi choradir. Har qanday jarroxdik insonni jismonan zaiflashtiradi va parhez bilan yashashga majbur qiladi.
6. Bavosil kasalligining rivojlanishidagi bosqichlarga qarab davolash usuli tanlanadi va dori-darmonlar ham shunga binoan belgilanadi. Jumladan, sovuq suv, isiriq, aloe suvlarida orqa teshikni kuniga 3-4 marta yuvish, zira kaynatmasini va choy o‘rnida bargizub urug‘ini, ermon va kora andizny damlab ichib yurish, grelka va shamcha qo‘yish, vanna-da o‘tirish, har kuni kechkurun moychechak bilan klizma qilib turish va hokazo. Davoning nafi kasallik bosqichiga, shifokorga o‘z vaqida kechiktirmasdan murojaat qilish va uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarib yurishga bog‘liqdir.
7. Shamollashdan, ayniqsa, tananing pastki qismi shamollashdan, uzoq vaqt yurishdan va turib ishlashdan sakdanmoq kerak. Hech qachon sovuq joyga, ayniqsa, temir, beton va tosh ustilariga o‘tirmaslik kerak.
8. Bolalarga va ayollarga og‘ir yuk ko‘tarish mumkin emas, chunki zo‘riqishdan, kuchanishdan orqa teshik chiqib ketishi mumkin.
9. Bavosilni davolash davrida ovqat va taomlar iste’mol kilinishi to‘xtatiladi: qovurilgan va yog‘li ovqatlar, qazi, norin, mosh, sut, kabob, kolbasa, achchiq va sho‘r taomlar, shirinliklar va kofe, kakao va muzqaymoq, spirtli ichimliklar, tamaki, nos va boshqalar. Davolanish davrida jismoniy ish kilish ham vaqtincha to‘xtatiladi.
10. Davolanish davrida quyidagi ovqatlarni iste’mol qilish mumkin: faqat piyozi qovurilgan hamma ovqatlar, qaynatma, dimlama, bug‘da pishgan taomlar, asal, hamma mevalar, sabzavot, ko‘katlar, qatiq, asosan suyuq ovqatlar, go‘sht qiyma holida va hokazo.
11. Kam harakat qiluvchi kishilar badantarbiya bilan shug‘ullanishlari lozim.

13-06-2022, 16:39
Ko'rishlar: 1 207
Sahifani chop etish